Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yakkasaroy tumanida Umumxalq hashari va “Yashil makon” loyihasiga start berildi

Bugun Yakkasaroy tumanidagi “Bobur” hiyobonida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Ergashev, mahalla "yettiligi", kommunal soha xodimlari hamda turli tashkilot vakillari ishtirok etdilar. 

Mazkur yig‘ilishda tumandagi mahallalarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ayniqsa, hududlarni yanada ozoda va obod qilish, aholining ekologik ongini oshirish hamda yashil muhitni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

🗣Shu bilan birga, bugundan boshlab Yakkasaroy tumanida Umumxalq hashari va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar boshlandi. Mazkur tashabbuslar doirasida tumanning turli hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Daraxt ekish, gulzorlar barpo etish, yo‘lak va xiyobonlarni tozalash, jamoat joylarini obod qilish kabi tadbirlar orqali shahar yanada chiroy ochishi, fuqarolar uchun qulay va sog‘lom muhit yaratilishi ko‘zda tutilgan.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkent shahar hokimligida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
14.03.2026, 10:35
Toshkent shahar hokimligida jismoniy tarbiya va sp...

🏆Unda Sport vaziri Adkham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umu...

Temur Malik ko‘chasida avtoulovlar harakati qisman tiklandi
13.03.2026, 10:37
Temur Malik ko‘chasida avtoulovlar harakati qisman...

Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasining Sultoniya ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab, Temur Malik ko‘chasi bo‘y...

Shovkatov Azizxon Anvarbek o'g'li Toshkent shahar hokimining  Turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari etib tayinlandi.
11.03.2026, 10:22
Shovkatov Azizxon Anvarbek o'g'li Toshkent shahar ...

A.A.Shovkatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.Tayinlovga qadar Toshkent shahar Investitsiyalar, s...

9-mart 2026-yil.  Yo‘l harakatini tashkil etish markazi
10.03.2026, 11:03
9-mart 2026-yil. Yo‘l harakatini tashkil etish ma...

⭕️ 9-mart kuni poytaxtda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligi va o‘tkazuvchanligini ...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya