Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning “Fuqarolik jamiyati haftaligi” munosabati bilan fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga murojaatnomasi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning “Fuqarolik jamiyati haftaligi” munosabati bilan fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga


MUROJAATNOMASI


Hurmatli fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari!

Sizlarni Toshkent shahar hokimligi nomidan «Fuqarolik jamiyati haftaligi» munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va aholi manfaatlarini himoya qilish, joylardagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida, davlat va jamiyat boshqaruvidagi fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki – keng ko‘lamli islohotlar ko‘rinishida namoyon bo‘lmoqda.

Bugungi kunda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan aholining turmush darajasini yaxshilash hamda ijtimoiy hayotimizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida davlat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, imkoniyati cheklangan shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatish, aholi salomatligini tiklashdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularni kasbga yo‘naltirish, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda jabrlangan shaxslarga psixologik yordam berish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, xorijda ishlayotgan vatandoshlarimizga ko‘mak berish, ularni yolg‘izlanib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Jamiyat ravnaqining kushandasi bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashda targ‘ibot-tashviqot ishlariga, shahrimizning turizm sohasidagi jozibadorligini oshirish ishlariga keng urg‘u berilmoqda. Shu bilan birga, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish, mahallalarimiz farovonligini oshirish, yangi-yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi salmoqli ishlarimiz – poytaxtimiz qiyofasi tubdan o‘zgarishiga olib kelayotganini alohida ta’kidlamoqchiman.

Bu borada, albatta, Sizlarning fidokorona mehnatlaringiz, faolligingiz va tashabbuskorligingiz borligini mamnuniyat bilan e’tirof etaman.


Hurmatli fuqarolik jamiyati institutlari vakillari!


Fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlanishi, aholining davlat boshqaruvida faol ishtiroki, ijtimoiy hamjihatlik va bunyodkorlik kayfiyatining kuchayishidagi o‘rningiz  beqiyos ekanligi – Sizlar amalga oshirayotgan ishlarning eng yorqin taraflari degan bo‘lar edim!

Sizlarning faoliyatingiz, bu – faqat jamoatchilik xizmatlari bilan cheklanib qolmasdan, balki inson qadrini ulug‘lash, xalq ishonchini oqlash va Vatan ravnaqiga munosib tarzda hissa qo‘shish yo‘lidagi sharafli va ezgu harakatdir.

Sizlarga Yangi O‘zbekistonda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok etishingizga, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman!



Hurmat bilan,

Toshkent shahar hokim Sh. Umurzakov

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi keng ko‘lamli tadbirlar davom etmoqda
26.11.2025, 10:44
Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi keng ko‘laml...

Poytaxtda havo ifloslanishini kamaytirish, changlanishni pasaytirish va aholi salomatligini himoya qilish maqsadida komp...

Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov bilan Nyu-York meri Erik Adams o‘rtasidagi uchrashuv
20.11.2025, 10:59
Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov bilan Nyu-York m...

Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov bilan Nyu-York meri Erik Adams o‘rtasidagi uchrashuvToshkent shahar hokimiyatida poyta...

O'zbekistonda turizm sohasida korrupsiyaga qarshi kurash
19.11.2025, 16:21
O'zbekistonda turizm sohasida korrupsiyaga qarshi ...

O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH So‘nggi yillarda Toshkent shahri nafaqat mamlakatimizning ...

Toshkent shahridagi bozorlar hududida videotasvirga olishning yangi qoidalari bo‘yicha tushuntirish
19.11.2025, 10:39
Toshkent shahridagi bozorlar hududida videotasvirg...

Toshkent shahridagi bozorlar hududida videotasvirga olishning yangi qoidalari bo‘yicha tushuntirishIjtimoiy tarmoqlarda ...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya