Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Qurilish chiqindilari boshqaruvi muhokama etildi

Qurilish chiqindilari boshqaruvi muhokama etildi


Toshkent shahar hokimligida poytaxt hokimi Shavkat Umurzakovning Buyuk Britaniya eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi (UK Export Finance) yirik korporativ mijozlar va xalqaro yo‘nalish bo‘yicha direktori hamda Biznes guruhi hamraisi Edvard Prins bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Ta’kidlanishicha, Toshkent va Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston va Buyuk Britaniya rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi hamda ikki tomonlama aloqalarni, ayniqsa barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot va zamonaviy texnologiyalar sohalarida mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro intilishi asosida amalga oshirilmoqda.


Uchrashuv davomida tomonlar qurilish chiqindilarini qayta ishlash va poytaxtning chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimiga ekologik texnologiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.


Ushbu muloqot aholini chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlar bilan to‘liq ta’minlash, ularning sifatini xalqaro standartlarga yetkazish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda. Shuningdek, qayta ishlash darajasini oshirish, chiqindi poligonlarida to‘planishning oldini olish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirib, aylanma iqtisodiyot doirasida "nol chiqindi" tamoyilini rivojlantirish maqsadlarini ko‘zlaydi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Temur Malik ko‘chasida avtoulovlar harakati qisman tiklandi
13.03.2026, 10:37
Temur Malik ko‘chasida avtoulovlar harakati qisman...

Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasining Sultoniya ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab, Temur Malik ko‘chasi bo‘y...

Shovkatov Azizxon Anvarbek o'g'li Toshkent shahar hokimining  Turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari etib tayinlandi.
11.03.2026, 10:22
Shovkatov Azizxon Anvarbek o'g'li Toshkent shahar ...

A.A.Shovkatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.Tayinlovga qadar Toshkent shahar Investitsiyalar, s...

9-mart 2026-yil.  Yo‘l harakatini tashkil etish markazi
10.03.2026, 11:03
9-mart 2026-yil. Yo‘l harakatini tashkil etish ma...

⭕️ 9-mart kuni poytaxtda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligi va o‘tkazuvchanligini ...

So‘nggi kunlarda elektr quvvatlantirish shoxobchalari mavzusi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan ushbu masalaga oydinlik kiritishni muhim deb hisoblaymiz.
06.03.2026, 11:37
So‘nggi kunlarda elektr quvvatlantirish shoxobchal...

⚡️Avvalo, shahardagi elektr quvvatlantirish infratuzilmasi to‘xtatilgani yo‘q va ishlashda davom etmoqda. Toshkentda quv...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya