- Toshkentdan gapiramiz
- 21.10.2025, 11:32
Toshkent shahar hokimligi nomidan sizlarni O‘zbekiston Respublikasi O'zbek tili bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
🖼 Ushbu qutlug‘ sana yurtimiz aholisini birlashtiruvchi tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatning ramzidir. O‘zbek tili nafaqat muloqot vositasi, balki milliy o‘zligimizning muhim qismi, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boy merosimizning timsoli hamdir.
🇺🇿 Bugungi kunda mamlakatimizning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi va xalqaro aloqalarning kengayishi sharoitida davlat tilini birlik va milliy g‘ururning asosi sifatida asrash, taraqqiy ettirish va keng yoyish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
🖼Ona tilimiz doimo go‘zal va sof jaranglab, o‘zbek xalqining madaniyati, tarixi va urf-odatlariga bo‘lgan hurmatni mustahkamlasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz toshkentliklar!
Ona tilimizga
bo‘lgan muhabbatimiz Vatanimiz — Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida yangi
yutuqlarga erishishga ilhomlantirsin!
🌇Hurmat bilan, Toshkent shahar hokimligi

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.


