Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toza poytaxt” kompleks dasturi faoliyati bilan tanishuv tadbiri tashkil etildi

Bugun Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentida “Maxsustrans” DUK hamda “Toza poytaxt” kompleks dasturi faoliyati bilan tanishuv tashkil etildi.

🅰Tadbirda Toshkent shahar prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalari, shuningdek ekologiya boshqarmalari, “Maxsustrans” va “Toza hudud” DUK vakillari ishtirok etmoqda.

📊 Dastlab ishtirokchilarga “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar tahlili, rahbar paneli info dasturi, “Green Tashkent” axborot tizimi hamda “Toza poytaxt” dasturiy ta’minoti haqida taqdimot o‘tkazildi.

🗺 Shuningdek, tumanlar bo‘yicha obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish faoliyatining raqamli xaritalari taqdim etildi.

🚛Kunning ikkinchi yarmida mas'ullar “Mirobod–Maxsustrans” avtotransport garaji va boshqa obyektlar faoliyati bilan joylarda tanishish uchun yo‘l olishdi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi
21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya