- Toshkentdan gapiramiz
- 24.07.2025, 17:23
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
Toshkundalik va Eltuz telegram kanallarida e’lon qilingan material yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Olmazor tumanidagi Ziyo ko‘chasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Bular jumlasiga drenaj va sug‘orish tizimini o‘tkazish, yo‘l va piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, bordyurlar o‘rnatish, qo‘shimcha ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, yangi bekat majmuasini o‘rnatish kiradi. Keyinchalik ko‘cha jamoat transporti yo‘nalishi tarmog‘iga kiritiladi.
Tumanning serqatnov, gavjum manzillariga tutashgan ko‘chani yo‘nalish tarmog‘iga kiritish ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, idoralararo kelishuvni talab etadi. Bu jarayon yo‘lovchilar oqimi va mahalliy aholi harakatlanishining umumiy dinamikasi bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi paytda mazkur jarayon yakuniga yetmoqda va oyning uchinchi dekadasida Ziyo ko‘chasida ikkita yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Ko‘chada bir tomonlama harakat mavjudligini hisobga olib, "A" yo‘lagi yo‘lning bekat majmuasi joylashgan tomonida bo‘ladi.
O‘z navbatida, Toshkent shahri aholisi va ommaviy axborot vositalari vakillariga, har qanday savol yuzasidan hokimlik matbuot xizmatiga quyida keltirilgan aloqa kanallaridan biri orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Tadbirda Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Uch...
🔺Uchrashuv davomida yo‘l harakatini tashkil etishda xorijiy tajriba va uni poytaxtda joriy etish bo‘yicha amalga oshiri...
💠 1964-yilda barpo etilgan, yarim asrdan ziyod vaqt davomida xizmat qilib kelgan ushbu bog‘cha bugungi kun talablariga ...
Maxtumquli ko‘chasi — bu qayta ko‘rib chiqishni talab qiladigan ulkan transport oqimidir. Biz amalga oshirgan yechimlar ...