- Toshkentdan gapiramiz
- 12.06.2025, 14:12
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Malls Group kompaniyasi bosh direktori Yaman Shahin va Pasha Real Estate Group kompaniyasi moliyaviy direktori Levent Kirazog‘lu bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Malls Group kompaniyasi bosh direktori Yaman Shahin va Pasha Real Estate Group kompaniyasi moliyaviy direktori Levent Kirazog‘lu bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda poytaxtning sayyohlik tarmog‘ini rivojlantirish masalalari, shuningdek, xalqaro kompaniyalar bilan investitsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi. Tomonlar Toshkentning sayyohlik jozibadorligini oshirish va shahar infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan bir qator loyihalar bo‘yicha fikr almashdilar.
Xususan, Toshkent shahrida xalqaro sifat va xizmat ko‘rsatish standartlariga mos keladigan zamonaviy sayyohlik ekotizimini yaratishda muhim bosqich bo‘ladigan The Ritz-Carlton, Tashkent premium toifali mehmonxonasi qurilishi masalasi ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot o‘rnida: The Ritz-Carlton, Tashkent loyihasi Asia Pacific Property Awards tadbirida nufuzli "Best Mixed-Use Architecture" me’morchilik mukofotiga sazovor bo‘ldi. Loyihaning me’moriy g‘oyasini Benoy Limited xalqaro kompaniyasi ishlab chiqqan.
Ushbu loyiha o’zida global dizayn yondashuvlarining mintaqaviy me’morchilik xususiyatlari bilan uyg‘unligini aks ettiradi.

📌Tanlov doirasida yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini osh...

Dastur doirasida: - Sport musobaqalari va to‘garaklar; - Kitobxonlik, ijodiy va ma’naviy tadbirlar; - IT,...

Aziz ota-onalar va o‘quvchilar!🧠 Toshkent shahrining 12 ta tumanidagi 47 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida “Yozgi sog...

🏆Tadbir davomida turli kasb yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, o‘z bilim va mahoratini namoyon etgan y...