Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi


Toshkent shahar hokimligida Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana rahbarligidagi rasmiy delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi. Shavkat Umurzakov bunday nufuzli delegatsiyaning tashrifidan mamnunligini izhor etib, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.


Suhbat davomida tomonlar turizm, ta’lim, investitsiyalar va shahar infratuzilmasini rivojlantirish kabi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. Gubernator Fontana so‘nggi yillarda Toshkentda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholab, Toshkent xalqaro investitsiya forumining yuqori darajada tashkil etilganini alohida ta’kidladi.


2026-yilda Lombardiyada o‘tkaziladigan qishki Olimpiada masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan sport sohasidagi hamkorlik va yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tajriba almashish istiqbollari ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, ijtimoiy sohada, xususan, jamoat joylarini qayta tashkil etish, texnologiya markazlarini barpo etish va kommunal xo‘jalik sohasiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Lombardiya viloyati rahbari belgilangan yo‘nalishlarda sheriklik o‘rnatish, tajriba almashish va ekspert hamkorligini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.


Uchrashuv yakunida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun, ikki tomonlama tashabbuslarni amalga oshirish uchun o‘zaro manfaatli nuqtalarni aniqlash va reja tuzish maqsadida "yo‘l xaritasi" hamda hududlar o‘rtasidagi kelishuvni birgalikda ishlab chiqishni taklifi bildirildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Yana bir “Yashil to‘lqin” yo‘lagi endi Farg‘ona yo‘li ko'chasida
08.10.2026, 10:07
Yana bir “Yashil to‘lqin” yo‘lagi endi Farg‘ona yo...

Farg‘ona yo‘li ko'chasida “Yashil to‘lqin” tizimini sozlash zarurligi haqida aholi bizga izohlar va murojaatlarda bir ne...

Talabalarni joylashtirish masalasi hal qilindi: Toshkent davlat texnika universiteti talabalari boshqa yotoqxonalar va ijara xonadonlariga joylashtirildi
08.10.2026, 09:53
Talabalarni joylashtirish masalasi hal qilindi: To...

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh talabalar yotoqx...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
07.10.2026, 17:04
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Toshkent shahar prokurori Anvar Urmanov hamda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida tadbirkorlarning mua...

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jamoatchilik nazorati ostida o‘rganilmoqda
07.10.2026, 10:20
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jamoatchilik nazor...

Toshkent shahrida kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlar...