Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Chjeszyan viloyati Shanxay tadbirkorlar uyushmasi raisi, "Shanghai Juneyao (Group) Co., Ltd" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Van Szyunszin bilan uchrashdi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Chjeszyan viloyati Shanxay tadbirkorlar uyushmasi raisi, "Shanghai Juneyao (Group) Co., Ltd" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Van Szyunszin bilan uchrashdi.

Toshkent hokimi mehmonni samimiy kutib oldi va ikki mamlakat rahbarlarining strategik yo‘nalishi tufayli barcha muhim sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini ta’kidladi.

"Toshkent Invest Kompaniyasi" AJ ning faol ishtirokida shakllantirilayotgan poytaxtning investitsiya muhitiga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Umurzakov Prezident tomonidan tasdiqlangan Toshkentni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasida asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha: infratuzilma, iqtisodiyot, investitsiyalarni jalb etish, yalpi ichki mahsulot o‘sishi va yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsad va ko‘rsatkichlar belgilanganini, bularni amalga oshirish eng muhim vazifa ekanligini ta’kidladi.

Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar, shuningdek, XXR bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tashabbuslar taqdim etildi.

Sayyohlar oqimini ko‘paytirish va mehmonxona infratuzilmasini, jumladan yuqori toifali segmentda kengaytirish masalalari alohida muhokama qilindi.

O‘zbekiston bozoriga yirik transmilliy korporatsiyalarning kirib kelishi uning ishonchliligi, barqarorligi va investitsion jozibadorligidan dalolat berishiga e'tibor qaratildi.

Tomonlar sanoat sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida janob Van Szyunszin Toshkent va Shanxay o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari ishbilarmonlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish uchun muhim asos ekanligini ta’kidladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Yakkasaroy tumani, “BETER BEST” MCHJ qurilish obyektida yuzaga kelgan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
03.07.2026, 17:21
Yakkasaroy tumani, “BETER BEST” MCHJ qurilish obye...

Mazkur hududdagi kanalizatsiya tarmog‘ida sodir bo‘lgan texnik nosozlik oqibatida quvurga shikast yetgan. Natijada yer q...

Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
03.07.2026, 12:06
Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishla...

📍 "Olchazor" mahallasida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDYO bo‘limi hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida yosh oi...

“Xalq bilan birga”
02.07.2026, 16:52
“Xalq bilan birga”

✔️O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi hamda Olmazor tumani hokimligi bilan hamkorlikda tumandagi “G‘alaba bog‘i”da “Xalq b...

Probatsiya roʻyxatidagi xotin-qizlar bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi
02.07.2026, 11:02
Probatsiya roʻyxatidagi xotin-qizlar bilan profila...

📍 Mirzo Ulugʻbek tumani Oila va xotin-qizlar maskanida tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya