- Toshkentdan gapiramiz
- 05.06.2025, 11:58
Shinjon-Uyg'ur avtonom mintaqasi delegatsiyasi qabul qilindi
Shinjon-Uyg'ur avtonom mintaqasi delegatsiyasi qabul qilindi
Poytaxt hokimligida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sanjar Tadjiyev, hokimlik vakillari hamda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Shinjon-Uyg‘ur avtonom mintaqaviy qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari, XKP Urumchi munitsipal qo‘mitasi kotibi Chjan Chju boshchiligidagi ijro organlari vakillari va yirik tadbirkorlardan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Sanjar Tadjiyev Xitoy kapitali asosida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi hamda turizm sohasidagi hamkorlik natijasida Xitoy—O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm oqimi sezilarli oshganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, delegatsiya rahbari janob Chjan Chju Toshkent shahri bilan aloqalarni yangi pog‘onaga olib chiqish, hamkorlikni kengaytirish har ikki tomon uchun manfaatli ekanini alohida qayd etdi.
Uchrashuv Toshkent shahri bilan Shinjon-Uyg‘ur avtonom mintaqasi o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, yangi investitsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Tadbirda Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Uch...
🔺Uchrashuv davomida yo‘l harakatini tashkil etishda xorijiy tajriba va uni poytaxtda joriy etish bo‘yicha amalga oshiri...
💠 1964-yilda barpo etilgan, yarim asrdan ziyod vaqt davomida xizmat qilib kelgan ushbu bog‘cha bugungi kun talablariga ...
Maxtumquli ko‘chasi — bu qayta ko‘rib chiqishni talab qiladigan ulkan transport oqimidir. Biz amalga oshirgan yechimlar ...