Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Shota Rustaveli ko‘chasi rekonstruksiyasining moliyalashtirilishi bo‘yicha tushuntirish

Shota Rustaveli ko‘chasi rekonstruksiyasining moliyalashtirilishi bo‘yicha tushuntirish


Axborot maydonida Shota Rustaveli ko‘chasini qayta qurish loyihasi ko‘rsatkichlarining noto‘g‘ri talqinini o‘z ichiga olgan ma'lumotlar paydo bo‘lishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi quyidagi tushuntirishlarni berish zarur deb bildi.


Ba’zi manbalarda keltirilgan 198 million AQSh dollari miqdoridagi summa faqat bitta ko‘chani qayta qurish loyihasiga tegishli emas. Gap transport tarmog‘i va unga tutash hududlarni (piyodalar yo‘laklari, velosipedchilar yo‘laklari, sug‘orish, yoritish, drenaj tizimlari va boshqalar) modernizatsiya qilish bo‘yicha keng qamrovli infratuzilmaviy tadbirlarni o‘z ichiga olgan doiraviy kelishuv haqida bormoqda.  Ushbu hujjat dastlabki xarakterga ega - aniq shartlar, hajmlar, muddatlar va smeta hisob-kitoblari alohida loyiha bloklarini tayyorlash jarayonida aniqlanadi.


Mazkur kelishuv doirasida o'rtacha 50 million AQSh dollariga teng bo‘lgan ishlarning birinchi bosqichi Shota Rustaveli ko‘chasini kompleks qayta qurish, shuningdek, Amir Temur xiyoboni, Shahrisabz ko‘chasi va Olmazor tumanida joylashgan boshqa muhim uchastkalarni yangilashni o‘z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan taqdimot lavhasida bu ishlarning bir qismi ko‘rsatilgan.


Toshkent shahar hokimligi barcha loyihalar amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilgan holda, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga amal qilgan holda amalga oshirilayotganini ta’kidlaydi. Barcha dolzarb ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib boriladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
UCHTEPA TUMANIDAGI FAXRIY SHA’NIGA YUKSAK EHTIROM VA E’ZOZ NAMOYON ETILDI.
08.05.2026, 15:14
UCHTEPA TUMANIDAGI FAXRIY SHA’NIGA YUKSAK EHTIROM ...

🔘 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi hamda Prezide...

Mirobodda “Obod mahalla” dasturi doirasida yana bir manzilda keng ko‘lamli yangilanish ishlari boshlandi
08.05.2026, 10:21
Mirobodda “Obod mahalla” dasturi doirasida yana bi...

Bugun tumanimizdagi "Furqat" mahallasi hududida obodonlashtirish va hashar ishlariga start berildi.“Obod mahalla” dastur...

Yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi
07.05.2026, 10:21
Yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tashabbusiga muvofiq, har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora hamda hokimliklarda “Yoshlar ...

▫️ Tumanimizdagi 158-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bugun, 6-may kuni “Milliy liboslar kuni” tadbiri tashkil etildi va milliyligimiz keng targ‘ib qilindi.
06.05.2026, 12:40
▫️ Tumanimizdagi 158-umumiy o‘rta ta’lim maktabida...

Ushbu kunda maktab o‘quvchilarimilliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniyati, urf-odat va an’analarig...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya