Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ellik yettinchi sessiyasi: Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish choralari ko‘rilyapti Toshkentda 7 ta ixtisoslashtirilgan maktab quriladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ellik yettinchi sessiyasida dastlab Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Rafiqjon Jalilovning o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar va joriy yildagi vazifalar xususidagi hisoboti eshitildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda poytaxtimizda jami 1 073 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan bo‘lib, ularning 114 tasi o‘lim bilan bog‘liq bo‘lib, 142 nafar fuqaro vafot etgan. Yo‘l-transport hodisalari ko‘proq Chilonzor, Yunusobod va Olmazor tumanlarida ro‘y bergan. Sabablarini aholi soni, yo‘llar uzunligi va ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari salmog‘ining ko‘pligi, shuningdek, mazkur tumanlar poytaxtni viloyat hududi bilan bog‘lovchi bo‘lib, transport vositalarini shahar hududiga kirib-chiqishi yuqoriligi bilan izohlash mumkin.

Yo‘l-transport hodisalari tezlikka rioya qilmaslik, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish, chorraha qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ro‘y bergan. Bularning oldini olish maqsadida boshqarma tasarrufidagi jami 48 ta fotoradar moslamalarining dislokatsiyalari o‘zgartirib borildi. Mazkur fotoradarlar yordamida jami 530 514 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli jazo choralari belgilandi.

Shuningdek, ba'zi ota-onalarning farzandlarini nazorat qoldirganligi sababli haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 16-17 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan 1 932 ta qoidabuzarliklar sodir etilgan.

Sessiyada Xalq ta'limi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Suhrob Qirg‘izboev Prezidentning 2022 yil 3 fevraldagi “Xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosi bo‘yicha axborot berdi.

Ta'kidlanishicha, bugungi kunda poytaxtimizda 340 ta umumta'lim maktabi mavjud. O‘quv muassasalarining quvvati 350 ming o‘ringa ega bo‘lib, ularda 478 ming o‘quvchi ta'lim olmoqda. Bundan tashqari, 70 ta xususiy, 12 ta Barkamol avlod bolalar maktablari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilda 34 ta (3 ta yangi, 14 ta rekonstruksiya, 13 ta mukammal, 4 ta joriy ta'mir ta'mirlash) maktabda qurilish ishlari olib boriladi. 61 ta maktab komp'yuter texnikasi bilan jihozlanadi. Ikkita fizika va matematika, 3 ta kimyo va biologiya hamda 2 ta AKTga ixtisoslashtirilgan maktablar bunyod etiladi. Shu bilan birga, 5 ta 3000 o‘rinli xususiy maktablar tashkil etiladi.

Sessiya tafsilotlariga keyinroq yana to‘xtalamiz.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya