Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Parijdagi Le Cordon Blue pazandachilik maktabida o‘qish uchun grant tanlovi

2021 yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan Parijdagi Le Cordon Blue pazandachilik maktabida o‘qish uchun grant tanlovi e'lon qilingan. Le Cordon Blue pazandachilik maktabi dunyodagi eng yuqori reytingli 5 ta pazandachilik maktabidan biri hisoblanadi.

Grant g‘oliblari (jami 56 nafar) Parijdagi Le Cordon Blue maktabidagi pazandachilik dasturlarida o‘qishga yuboriladi. Ularning barcha xarajatlari to‘liq qoplab berilishi ko‘zda tutilgan (ta'lim, aviachipta va yashash xarajatlari).

Le Cordon Blue maktabi ta'lim dasturlari:

- Pazandachilik san'ati: oshxona (6 oy);
- Pazandachilik san'ati: shirinliklar va pishiriqlar (6 oy);
- Pazandachilik san'ati: non mahsulotlari (3 oy);
- Magistratura MBA Mehmondo‘stlik sohasi menejmenti yo‘nalishida (1 yil, Paris-Dauphine universiteti bilan birgalikda).

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:

1. Nomzodlarning yoshi 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
2. Oliy ma'lumotli nomzodlar tajribaga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq, ammo majburiy emas. O‘rta ma'lumotli nomzodlar ta'lim olishi ko‘zda tutilayotgan dasturi yo‘nalishida mehnat tajribasi kamida 3 yil bo‘lishi kerak.
3. Magistraturaga hujjat topshirayotgan nomzodlar istalgan yo‘nalish bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
4. Tilni bilish – ingliz tilini (minimal IELTS 5,5 darajasida) yoki fransuz (B2 darajasida). Rasmiy sertifikat talab etilmaydi.
5. Fuqarolik va yashash joyi – nomzodlar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi shart, ariza topshirish vaqtida Toshkent shahrida yashashi va ishlashi maqsadga muvofiq.

Bugungi kunga qadar 200dan ziyod nomzodlar ariza topshirgan bo‘lib, ular bilan suhbat jarayonlari olib borilmoqda.

Tanlab olingan nomzodlar uch bosqichda – aprel, iyul va sentabrda o‘qishga (faqat magistratura) yuborilishi rejalashtirilgan.

Nomzodlar ta'lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan so‘ng, Toshkent shahrida 5 yil davomida o‘zlari istagan tashkilotda ta'lim olgan yo‘nalishlariga muvofiq ishlab berishlari shart.

Arizalarni qabul qilish davom etmoqda! Ariza qabul qilish muddati 2022 yilning 1 martiga qadar uzaytirildi.

Batafsil ma'lumotni https://www.grant.toshkent21.uz/ sayti orqali olish (shuningdek anketa shaklini yuklab olish) mumkin va arizani hokimiyat.grant@gmail.com email manzili orqali topshirish mumkin.

Murojaat uchun telefon: +998 97 1202552.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
▫️ Mirobod tumanida "Payshanba — Yoshlar kuni" munosabati bilan 110-sonli IDUMda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
01.05.2026, 11:47
▫️ Mirobod tumanida "Payshanba — Yoshlar kuni" mun...

Tadbirda Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Uch...

🧠Payshanba – "Yoshlar kuni" munosabati bilan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistrantlari bilan uchrashdi.
01.05.2026, 10:40
🧠Payshanba – "Yoshlar kuni" munosabati bilan Tosh...

🔺Uchrashuv davomida yo‘l harakatini tashkil etishda xorijiy tajriba va uni poytaxtda joriy etish bo‘yicha amalga oshiri...

Yakkasaroy tumanida ijtimoiy infratuzilmani yangilash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Shu doirada tuman hokimi Nilufar Allabergenova 357-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida bo‘ldi.
30.04.2026, 10:53
Yakkasaroy tumanida ijtimoiy infratuzilmani yangil...

💠 1964-yilda barpo etilgan, yarim asrdan ziyod vaqt davomida xizmat qilib kelgan ushbu bog‘cha bugungi kun talablariga ...

Maxtumquli ko‘chasi: murakkab tirbandliklardan muhandislik yechimlari sari ⚡️
30.04.2026, 10:30
Maxtumquli ko‘chasi: murakkab tirbandliklardan muh...

Maxtumquli ko‘chasi — bu qayta ko‘rib chiqishni talab qiladigan ulkan transport oqimidir. Biz amalga oshirgan yechimlar ...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya