Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyasida Ombudsman va prokuror hisoboti

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ellik beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. “Zoom” platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda  deputatlar, mutasaddilar va tegishli boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Sessiyada sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy faoliyatga oid bir qator masalalar muhokama etildi.  

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili(Ombudsman)ning  Toshkent shahar mintaqaviy vakili Xurshed Sattarov o‘tgan yili amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi. Ta'kidlanishicha, fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish ombudsman faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lgani bois, Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, vazirlik va idoralarning tegishli boshqarmalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan. Umumiy hisobda o‘tgan yili 454 ta murojaat tushgan bo‘lib, ularga tegishli tavsiya, tushuntirish va maslahatlar berildi.

Sessiyada shahar prokurori o‘rinbosari Aliakbar Po‘latov o‘tgan yilning IV choragidagi qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli yuzasidan hisobot berdi. Qayd etildiki, qonunchilik ijrosi yuzasidan 1 414 ta tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazilib, 5 344 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan. Natijada 1 195 nafar mansabdor shaxslar intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga 17 mlrd. 375,2 mln. so‘mlik 240 ta arizalar kiritildi. Qonun buzilishi holatlari yuzasidan 393 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlangan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 3785 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Chilonzorda namunali oilalarga ehtirom ko‘rsatildi
13.05.2026, 14:19
Chilonzorda namunali oilalarga ehtirom ko‘rsatildi...

Xalqaro oila kuni munosabati bilan tumanimizdagi uzoq yillik ahil va ibratli oilalarni tabriklash maqsadida samimiy uchr...

Rasmiy munosabat
13.05.2026, 09:41
Rasmiy munosabat

⚠️pressa.uz nashrida Toshkent bozorlarida kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan pomidorlar ommaviy sotilayotgani haqi...

Dunyoning eng mashhur sarguzasht shousi yangi mavsumi uchun aynan Toshkentni tanladi — millionlab tomoshabinlar endi bu yurtni ko‘rdi, his qildi va unga sayohat qilishni orzu qila boshladi.
12.05.2026, 16:20
Dunyoning eng mashhur sarguzasht shousi yangi mavs...

➡️Biz esa uning betakrorligini allaqachon bilardik.⚡️ Ba’zi shaharlar shunchaki ko‘riladi, Toshkent esa his qilinadi. Bu...

🏆 YUNUSOBOD TUMANIDAGI 239-MAKTAB O‘QUVCHILARI RESPUBLIKA CHEMPIONI!
12.05.2026, 11:58
🏆 YUNUSOBOD TUMANIDAGI 239-MAKTAB O‘QUVCHILARI RE...

🇺🇿 Yunusobod tumanidagi ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan 239-sonli maktab o‘quvchilari joriy yilning 6–10-may kunlari...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya