Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Davlat boshqaruvi akademiyasi
Davlat boshqaruvi akademiyasi

 Sobiq Respublika iste’mol kooperatsiyasi uyi («O‘zbekbirlashuv») binosi 1974 yilda qurilgan. Majmua Ukrainadan kelgan me’morlar — F. Borovik, L. Kleymenov, Yu. Repin, L. Adamov va O. Rushkovskiy tomonidan loyihalashtirilgan; konstruktorlar A. Kosoy, M. Medvedev, I. Onishchenko, Ye. Labinova, Yu. Golovchenko, B. Jitomirskiy, O. Zgurskiy, Ye. Marder, E. Xizenko va N. Sapak bo‘lgan.

 «O‘zbekbirlashuv» binosi Islom Karimov prospektining (sobiq O‘zbekiston prospekti) janubiy tomonidagi baland qavatli inshootlar qatoridagi birinchisi bo‘lib, poytaxt markazidan kelganlarni birinchi bo‘lib kutib olgan.

 Bino 15 qavatli ko‘k-yashil rangda bo‘lib, milliy uslubdagi ko‘k naqsh bilan bezatilgan silindr bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashgan; silindr ostida keng majlislar zali joylashgan edi. Kompozitsiya shunchalik ifodali ediki, bino va majlislar zalining silindrik yakuniy qismi fotosuratlari Toshkent haqidagi ochiq xatlar va fotoalbomlar to‘plamlariga kiritilgan. Shahar aholisi orasida majmuada joylashgan «Kooperator» restorani ham mashhur edi.

Ikki marta rekonstruksiya qilingandan so‘ng, Davlat boshqaruvi akademiyasi joylashgan bino o‘zining dastlabki brut shaklini yo‘qotdi: fasadlari oq alyukobond va ko‘k shisha bilan qoplandi. Faqat inshootning silueti hali ham dastlabki me’morchilik g‘oyasini eslatadi.

2025 yil may oyida Davlat boshqaruvi akademiyasi Prezident qoshidagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasiga aylantirildi.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Orifjonboy masjidi
Orifjonboy masjidi

O‘zgacha chiziqlari bilan hayratlantiradigan bu masjid Tashkent City bog‘i hududida joylashgan. O‘t...

Fransiya elchixonasi binosi
Fransiya elchixonasi binosi

Barcha toshkentliklar Yahyo Gʻulomov va Istiqbol koʻchalari burchagida joylashgan Fransiya elchixon...

Xoja Ahror Valiy jome masjidi
Xoja Ahror Valiy jome masjidi

Ko‘kaldosh madrasasi yonidagi uchta firuza rangli gumbaz uzoqdan ham ko‘zga tashlanadi va Toshkentn...

Skver yaqinidagi «Oʻzpromstroybank»
Skver yaqinidagi «Oʻzpromstroybank»

Skverdagi chiroyli bino 1895-yilda meʼmor V. S. Geyntselman tomonidan qurilgan va Imperator davlat ...