
Toshkentda 1894 yilda birinchi real bilim yurti ochilgan. Bu bilim yurtlari real deb atalgan, chunki ular klassik gimnaziyalardan farqli o‘laroq, lotin va qadimgi yunon tillari o‘rniga zamonaviy Yevropa tillari va tabiiy fanlarni o‘rgatgan hamda talabalarni texnik va tabiiy fanlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga tayyorlagan.
Dastlab o‘quv yurti xususiy xonadonda joylashgan
edi, ammo 1898 yilda me’morlar Geyntselman va Maksimov loyihasi bo‘yicha u
uchun chiroyli bino qurilgan. Bu bino hozirgacha saqlanib qolgan va poytaxtning
me’moriy yodgorliklaridan biridir. Qurilish uchun mablag‘ni qisman davlat,
zemstvo (mahalliy hokimiyat) va Buxoro amiri Sayid Abdulahadxon ajratgan.
Bu bino barcha toshkentliklarga yaxshi tanish: u
Islom Karimov shohko‘chasi (avvalgi O‘zbekiston, undan oldin Mahram) va Taras
Shevchenko (Konstantinovskaya) ko‘chalari chorrahasida joylashgan. Ayniqsa,
kirish joyi qiziqarli bezatilgan: arkali ayvon ikkinchi qavat uchun balkon
vazifasini bajaradi.
Oktyabr inqilobidan keyin bino O‘rta Osiyo
universitetiga, keyin undan ajralib chiqqan Politechnika institutiga berilgan
va o‘nlab yillar davomida unda kimyo fakulteti joylashgan. Mustaqillikka
erishilgandan so‘ng bu yerda turli tashkilotlar faoliyat yuritgan, bugungi asr
boshida esa ta’mirlangan bino Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga
(ISSV) berilgan. 2017 yilda Prezident farmoni bilan bino Madaniyat vazirligiga,
keyinroq esa Madaniy meros agentligiga o‘tkazilgan.
125 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘zgacha va noyob
g‘ishtli qurilishi bilan ajralib turadigan bu bino Turkiston mustamlakachilik
davri me’morchiligi yodgorligi sifatida Toshkentni bezab kelmoqda.

Abulqosim madrasasi (Shayx Abulqosim eshon madrasasi) ikkita zamonaviy bino — Xalqlar do‘stligi sar...

Iso Masihning Muqaddas Yuragi Rim-katolik soborini 1912-yilda Salar daryosining baland qirgʻogʻida ...

“Xalqlar do’stligi” saroyi — Toshkentning eng muhim me’moriy durdonalaridan biri bo‘lib, o‘zida tari...

Koʻpchilik toshkentliklarga Fargʻona yoʻli koʻchasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda, sobiq Shumilov ...