
Skverdagi chiroyli bino 1895-yilda meʼmor V. S. Geyntselman tomonidan qurilgan va Imperator davlat bankining Toshkent boʻlimi uchun moʻljallangan edi.
Sovet yillarida unda
«Prombank»ning Oʻrta Osiyo boʻlimi joylashgan.
Hozirda binoda
«Oʻzpromstroybank» («Oʻzsanoatqurilishbank»)ning filallaridan biri joylashgan
boʻlib, unda tashqi va ichki qiyofasini asl holatiga yaqinlashtirgan
rekonstruksiya bilan taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Ichkarida pul koʻtarish
uchun lift saqlanib qolgan, ikkinchi qavatda esa kichik muzey tashkil etilgan,
uning ekspozitsiyasida eski banknotlar, yozuv mashinkalari, arifmometrlar va
arxiv fotosuratlari taqdim etilgan.

1933-yilda Oʻzbekiston SSR Xalq komissarlari soveti Oʻzbekistonning uchinchi gidroelektrostansiyasi...

Bino 1970-yillar boshida OʻzSSR Davlat rejasi hisoblash markazi sifatida «OʻzNIIP shaharsozlik» in...

Iso Masihning Muqaddas Yuragi Rim-katolik soborini 1912-yilda Salar daryosining baland qirgʻogʻida ...

Narcomzem (Xalq yer ishlar komissarligi) binosi Zarafshon koʻchasida (ilgari — Irjar, Kirov, Atatyu...