- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Majlislar
- 🛡Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🛡Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi
kurashish hududiy kengashining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tuman
hokimliklari, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, moliya
va yoshlar siyosati sohalariga mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔵Kun tartibida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimida korrupsiyaning oldini olish, moliya-bank sohasida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Yashnobod va Sergeli tumanlarida ochiqlikni ta’minlash hamda davlat xizmatlarida shaffof mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar hisobot berdi.
Bundan tashqari, Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan “Korrupsiyadan holi hudud” loyihasi, “Yo‘l xaritasi” ijrosi hamda Bektemir tumanida korrupsiya va jinoyatchilikdan holi muhitni yaratishga qaratilgan kompleks dastur doirasidagi ishlar yuzasidan ham tegishli rahbarlar tomonidan axborotlar berildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning hamkorligini kuchaytirish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
