- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Maqolalar
- Yoshlar fuqarolik jamiyatining korrupsiyaga qarshi harakatlantiruvchi kuchidir
Yoshlar fuqarolik jamiyatining korrupsiyaga qarshi harakatlantiruvchi kuchidir
Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qancha chora tadbirlar amalga oshirildi, qonunlar va Prezidentimizning farmon va qarorlari qabul qilindi.
“Biz yoshlar uchun ularning sog‘lom tug‘ilishidan boshlab, toki mustaqil hayotga kirgunicha barcha zarur sharoitlarni yaratib berish maqsadida qanday katta ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi maʼlum” – deb taʼkidlaydi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Korrupsiya yosh avlodda ijtimoiy adolatga, haqiqatga, davlat organlari va mansabdor shaxslarga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, – deydi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i X. Ochilov. – Eng yomon tomoni, bunday xavfli qilmish oxir-oqibat korrupsiya, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullab-yashnashi uchun sharoit yaratadi. Shu boisdan taʼlim muassasalarini bitirib, kasbiy faoliyat boshlash ostonasida turgan yoshlarga korrupsiyaning nechog‘li xavfli illat ekani haqida kengroq maʼlumotlar berish bugungi kun talablaridan biridir. Chunki bugungi kun yoshlari ertangi mutaxassis, jamiyat va davlat boshqaruvining ishtirokchisidir.