Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Ishchi guruh Yakkasaroyda

🗣 Bugun Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Dauletiyar Xudaybergenov, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Xabibulla Mirsoatov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda tuman prokurori Bekzod Shamshiyev Yakkasaroy tuman hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdilar.

🔹 O‘rganish jarayonida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalar daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, mahallalar kesimida olib borilayotgan xatlov va tahlillar, fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda har bir murojaat bo‘yicha aniq natijaga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ishchi guruh tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini yanada kuchaytirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda mahallalar va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish loyihalari taqdim etildi
15.10.2026, 11:57
Toshkentda mahallalar va ijtimoiy infratuzilmani r...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bogʻchalar qurish hamda sh...

Toshkentda ilk bor — “O! Mega-Fest Mintay!”
14.10.2026, 17:22
Toshkentda ilk bor — “O! Mega-Fest Mintay!”

🎶Ta’m, musiqa, shou va ajoyib taassurotlar bir joyda jam bo‘ladigan katta gastronomik festivalga taklif etamiz!📍17-okt...

259-MAKTABDA SINF KENGASHI SARDORLARI SAYLANDI
14.10.2026, 16:06
259-MAKTABDA SINF KENGASHI SARDORLARI SAYLANDI

 Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kelajak soati” darslari doirasida o‘quvchilarning ye...

Joriy yilning 13-oktabr kuni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shaxnoza Sultanovaning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
14.10.2026, 10:19
Joriy yilning 13-oktabr kuni Toshkent shahar hokim...

Qabulda fuqarolarning uy-joy, bandligini ta’minlash va huquqiy yordam masalalaridagi murojaatlari batafsil ko‘rib chiqil...