Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari Hakimova Inobat hamda Tillaxodjayev Bunyodlar ishtirok etdi

📝 Unda dastlab Joriy yilning 1-yarim yilligida Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hamda Joriy yilning 2-choragida Toshkent shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari Alikariev Murodulla Sa’dullaevich hamda Narzullaev Shavkat Voxitovichlarning hisobotlari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

📝 Kun tartibiga kiritilgan keyingi masala Toshkent shahrida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Alimov Elmurod Erkinovichning hisoboti komissiya a'zolari tomonidan eshitilib atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda 2026 yil 1-yarim yilligida inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili Masharipov Baxtiyor Reimbergenovichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitilib, muhokama qilindi.

📉 Kun tartibidagi so‘nggi “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali yuborilgan xabarlar hamda ularning ko‘rib chiqilishi holati to‘g‘risida 2026 yil 2-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari – Raqamli rivojlanish departamenti rahbari – Dusmuxamedov Alisher Ismatillaevich hisobot berdi. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan mazkur masala atroflicha o‘rganildi hamda deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanib sessiya kun tartibiga kiritishga kelishib olindi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
“At-Termiziy” va “Farovon” mahallalarida obodonlashtirish ishlariga bag‘ishlangan saf yig‘ini o‘tkazildi
13.08.2026, 15:57
“At-Termiziy” va “Farovon” mahallalarida obodonlas...

Saf yig‘inida Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari Ulug‘bek Mamarajabov, Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari Farh...

BO‘ZSUV BO‘YIDA ZAMONAVIY SAYILGOH: TUMAN HOKIMI BUNYODKORLIK ISHLARINI JOYIDA O‘RGANDI
13.08.2026, 11:00
BO‘ZSUV BO‘YIDA ZAMONAVIY SAYILGOH: TUMAN HOKIMI B...

Yunusobod tumanida aholi uchun qulay va shinam dam olish maskanlarini ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga ...

Chilonzor: hisobot, muloqot va amaliy yechimlar
12.08.2026, 16:29
Chilonzor: hisobot, muloqot va amaliy yechimlar

📍Chilonzor tumanida “Hisobot, muloqot, taqdimot” formatida hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar...

Aholiga standartlarga mos, sifatli xizmat ko’rsatish borasida vazifalar belgilab olindi
12.08.2026, 11:46
Aholiga standartlarga mos, sifatli xizmat ko’rsati...

🔸️ Bugun erta tongdan “Navqiron” mahallasida Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyas...