Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Sankt-Peterburg gubernatori "G‘alaba bog‘i"da: Toshkentda "Leningrad yodgorligi" ochildi

Sankt-Peterburg gubernatori "G‘alaba bog‘i"da: Toshkentda "Leningrad yodgorligi" ochildi


Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkentga tashrifi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Kecha mehmonlar Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov hamrohligida Olmazor tumanidagi "G‘alaba bog‘i" memorial majmuasini ziyorat qildi.


Avval delegatsiya a’zolari "Matonat madhiyasi" yodgorligi poyiga gul qo‘yib, Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasini yod etdilar. So‘ngra, Leningrad qamali davrida (1941-1944) o‘zbek xalqi ko‘rsatgan mehribonlik va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik ramzi sifatida bunyod etilgan "Leningrad yodgorligi"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tashrif chog‘ida mehmonlar majmuadagi boshqa yodgorliklar va haykallar bilan ham tanishdilar, shuningdek, hozirda Toshkentda istiqomat qilayotgan Leningrad qamali davrida bo‘lgan bolalar bilan uchrashdilar.


Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya