- Toshkentdan gapiramiz
- 09.09.2025, 17:40
To’qimachilik haftaligi boshlandi

🧵To’qimachilik haftaligi boshlandi
Bugun “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida O‘zbekiston To‘qimachilik haftaligi o‘z ishini boshladi. Bu yilgi tadbir nafaqat sanoat yangiliklari, balki yirik biznes uchrashuvlari va hamkorlik shartnomalariga boy bo‘lishi kutilmoqda.
📝 Haftalik doirasida:
🔵 To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari bo‘yicha 16-Markaziy Osiyo Xalqaro ko‘rgazmasi;
🔵 To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati 25-Yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi;
🔵 Biznes dasturlari, B2B uchrashuvlar va taqdimotlar bo'lib o'tadi.
🌍Bu yilgi ekspozitsiyada 22 ta davlatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar o‘z mahsulot va texnologiyalarini taqdim etmoqda.
Jarayonlarni biz bilan kuzating

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.