- Toshkentdan gapiramiz
- 15.08.2025, 17:46
Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlari hokimlari oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar o'tkazdi
Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlari hokimlari oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar o'tkazdi
Uchrashuvlarda tuman hokimlari bilan birgalikda hokim o‘rinbosarlari, bank tizimi vakillari, “Inson” ijtimoiy himoya agentligi mutasaddilari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Muloqotlar davomida yoshlarga bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda mutaxassisliklariga mos ish o‘rinlarini topishda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Bitiruvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, kredit ajratish hamda sohaviy maslahatlar berish bo‘yicha kelishuvlar qilindi.
Uchrashuvlar natijasida bir qator yoshlarga ish bilan ta’minlash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. Yaqin kunlarda ularning ta’lim, axborot texnologiyalari, bank sohasi, sport, ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat boshlashlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.