Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi majlislar zalida “Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mahalliy NNTlar vakillari, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Toshkent shahar hududiy Kengash aʼzolari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi vakillari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Kirish soʻzi bilan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi boshligʻi, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Toshkent shahar hududiy Kengash aʼzosi Dilmurod Izzatov chiqish qildi.

Shuningdek, tadbir davomida:

— “Yoshlar va korrupsiyaga qarshi kurash” loyihasi taqdimoti;

— mahalliy tashabbuslar orqali huquqiy madaniyatni oshirish;

— NNTlar faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ahamiyati haqida maʼruzalar qilindi.

Yakunda savol-javoblar boʻlib oʻtdi va korrupsiyaga qarshi kurashda NNTlarning salohiyatini kengaytirish, aholining xabardorligini oshirish hamda davlat bilan hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha takliflar bildirildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya