- Toshkentdan gapiramiz
- 12.08.2025, 15:57
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi — o‘n to‘rtinchi sessiyasida poytaxt hayotiga oid bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli hisobotlar tinglanib, muhokamalar asosida qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada quyidagi masalalar muhokama etildi:
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari ijrosining 2025-yil birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati;
• Hokimlik tizimida elektron ijro platformasi orqali berilgan topshiriqlar bajarilishining natijalari;
• Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati;
• "Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy dasturining ijrosi;
• Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsmanning faoliyati;
• Aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar;
• Ta’lim tizimidagi islohotlar bo‘yicha belgilangan maqsadlarning ijrosi va amalga oshirilgan ishlar;
• Munitsipial mulkni xususiylashtirish dasturlarining bajarilishi;
• Shuningdek, poytaxt hayotiga oid boshqa qator masalalar.
Sessiya yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan vazifalarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.