- Toshkentdan gapiramiz
- 06.08.2025, 10:41
Qonun loyihasi qabul qilindi: Eskirgan uylarni fuqarolarning roziligi bilan bosqichma-bosqich qayta qurish belgilandi

Qonun loyihasi qabul qilindi: Eskirgan uylarni fuqarolarning roziligi bilan bosqichma-bosqich qayta qurish belgilandi
"Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi 1-o‘qishda konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Unga muvofiq eskirgan va avariya holatidagi uylar bosqichma-bosqich, fuqarolar roziligi asosida qayta quriladi.
Unga ko‘ra:
– O‘sha hududda yashovchi mulkdorlarning kamida 80 foizining notarial tasdiqlangan roziligi kerak
– Istagan fuqaro o‘sha hududdan uy oladi
– Istamaganlarga boshqa joydan uy yoki pul beriladi
– 12% miqdorida bir martalik to‘lov, ijara xarajatlari qoplab beriladi.
– Qurilish 2 yilda yakunlanishi shart
– Kechikkan har bir kun uchun penya: 0.5%
Mazkur qonun renovatsiyani qonuniy, shaffof, xavfsiz bo‘lishini kafolatlaydi. Fuqarolarning mulk huquqi to‘liq himoya qilinadi.
Yanada batafsil ma’lumot uchun ushbu havolaga kiring.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.