Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hayotiga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya avvalida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari A.Xen tomonidan ilgari surilgan Yunusobod tumani "Obod" mahallasidagi takroriy nomli ko‘chani qayta nomlash masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sapaev madaniy meros obyektlari va boyliklarini aniqlash, asrash hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot berdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari ijrosi to'g'risida Toshkent shahar YHXB boshlig‘i M.Adilov ham deputatlarga hisobot taqdim etdi.

Sessiya davomida shaharni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, 2024-yildagi byudjetning qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish, yangi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish, bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Deputatlar Kengashi va doimiy komissiyaning 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash masalasi ham sessiya kun tartibidan joy oldi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya