- Toshkentdan gapiramiz
- 25.07.2025, 11:03
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining oltinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining oltinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
🔹 Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024-yil IV chorakda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;
🔹 Toshkent shahar prokuraturasining poytaxtdagi qonuniylik va jinoyatchilik holati bo‘yicha axboroti;
🔹 Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti va suv ta’minoti tashkilotlari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor rejalar;
🔹 Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2025-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish masalasi.
Sessiyada tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda. Yig‘ilish tafsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.