- Toshkentdan gapiramiz
- 25.07.2025, 10:55
18-mart kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
18-mart kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish maqsadida Yoshlar maslahat guruhi tashkil etish to‘g‘risidagi taklif muhokama qilindi. Shuningdek, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash holati ko‘rib chiqildi.
Shahar miqyosida huquqiy tartibotni mustahkamlash, huquqiy targ‘ibot hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan Toshkent shahar Adliya boshqarmasi boshlig‘ining axboroti tinglandi.
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi rejalar yuzasidan hisobot berdi.
Shuningdek, sessiya davomida pensiya ta’minoti, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, kadastr xizmatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Sessiya davomida muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.