- Toshkentdan gapiramiz
- 24.07.2025, 17:13
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va qabul qilinayotgan huquqiy-normativ hujjatlarning ijrosi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va qabul qilinayotgan huquqiy-normativ hujjatlarning ijrosi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zolari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, Jamoat fondi mas’ullari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida hududlarda saqlanib qolayotgan muammolarni fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan davlat granti tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.
Baholash natijasiga ko‘ra, Toshkent shahridan 11 ta loyiha g‘olib deb topilgan bo'lib, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 1 milliard 108 million so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shuningdek, tadbir doirasida g‘olib loyiha tashabbuskorlari ishtirokida o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi hamda yuristlar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.