Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

“Dolzarb 90 kun — 90 imkoniyat” uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Dolzarb 90 kun — 90 imkoniyat” uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimligida “Dolzarb 90 kun — 90 imkoniyat” uslubiy qo‘llanmasining taqdimot o‘tkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limlari vakillari ishtirok etdi.

🇺🇿Taqdimotda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar, rejalashtirilgan vazifalar va bolalarning intellektual hamda jismoniy rivojlanishini uzluksiz davom ettirish masalalariga to‘xtaldi.

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori, professor Shavkat To‘rayev yangi uslubiy qo‘llanmaning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berib, qo‘llanma:

— o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish,

— jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish,

— ijodiy qobiliyatlarni ochib berish,

— ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash,

— ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini oshirish,

— vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilishini ta'kidladi. 

Mazkur uslubiy qo‘llanma “Dolzarb 90 kun” tadbirlarining samarali tashkil etilishi va o‘quvchi-yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya