- Toshkentdan gapiramiz
- 15.04.2025, 16:29
Sichuan provinsiyasi va Toshkent shahri o‘rtasidagi investitsiya yoʻnalishi boʻyicha hamkorlik forumi Chenduda muvaffaqiyatli o‘tdi
Sichuan provinsiyasi va Toshkent shahri o‘rtasidagi investitsiya yoʻnalishi boʻyicha hamkorlik forumi Chenduda muvaffaqiyatli o‘tdi
Chendu, Xitoy – 14 aprel 2025 yil
Xitoyning Chendu shahrida Sichuan provinsiyasi va Toshkent shahri o‘rtasidagi turizm va investitsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida mintaqalararo investitsion hamkorlik forumi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbir doirasida 50 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi va davlat organlari, biznes vakillari va investorlar uchun takliflar taqdim etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun investitsiya va iqtisodiy hamkorlikning yangi istiqbollari namoyish etildi. Uchrashuvlar doirasida ishtirokchilar taqdim etilgan Toshkentning turizm va investitsion salohiyatini targ'ib etuvchi video materiallar, taqdimotlar, B2G formatidagi uchrashuvlar orqali istiqbolli hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida o‘tkazilgan B2G uchrashuvlar davomida ishtirokchilar turizm, infratuzilma, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi aniq kelishuvlarni muhokama qilishdi.
Ushbu forumda mintaqalararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va yangi investitsion loyihalarni, jumladan, xalqaro darajadagi mehmonxona brendlarini Toshkentga jalb qilish kelgusida xorijiy sayyohlar oqimining yanada kengayishi va iqtisodiy rivojlanishning belgisi ekanligiga urg'u berildi.
—

🛑 Korrupsiya – taraqqiyotga qarshi jinoyat!🌎 Korrupsiya – global muammo. Ammo har bir inson o‘z odobi, halolligi bilan...

📆 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni🛡Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti, adolat va ishonchga eng katta x...

Biz korrupsiyaga qarshimiz!Agar siz Toshkent shahar hokimligi, uning bo‘ysunuvidagi tashkilot va idoralar hamda tuman ho...

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — Toshkentda!Respublikaning 12 ta viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi...