Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov

Korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov

 

Davlatimiz Rahbari boshchiliklarida mamlakatimizning barcha sohalarida chuqur islohotlar jadal suratlarda olib borilayapti. Hususan, korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, uni oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi ushbu sohada yangi davrni boshlab berdi. Bu borada korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi, «Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi,  “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi, «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Eʼtiborli jihati, O‘zbekiston mintaqamizda birinchilardan bo‘lib, 2004 yildayoq “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Ushbu qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va bu sohada samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish masalalari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Joriy yilning 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutq so‘zladi. O‘z nutqlarida, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish, yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish  bo‘yicha davlat tashkilotlari oldiga aniq vazifa va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy chora-tadbirlarni belgilab berdilar. Jumladan:

-  korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibi to‘liq yangilanib, unga xalq deputatlar Kengash raislari bosh bo‘lishi;

- Kengashlar har chorakda kamida bitta sohada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligini taʼminlash bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritish;

- davlat haridlarida sotib olinadigan tovar vaxizmatlar narxi o‘rtacha bozor narxidan ko‘pi bilan 20 foizdan oshmasligi;

- davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilinishi kerakligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, har bir vazir va hokimga bu yil barcha xizmatlar bo‘yicha davlat idoralari va aholi o‘rtasidagi munosabatlarni tuman kesimida baholaydigan tizim yaratish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari davlatimiz rahbari, korrupsiya va uning salbiy oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan sabablar hamda omillarning oldini olish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mehnat jamoalarida ishchanlik va oshkoralik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar tashkil etish, turli maʼmuriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash, raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish bunda davlat organlari tomonidan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yana-da soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ham vazifalarni belgilab berdi.  

Ushbu yig‘ilishda davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning mazkur yo‘nalishdagi ishtiroki va xalqaro hamkorlik mezonlari ham ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz Rahbarining oldimizga belgilab bergan vazifalari va topshiriqlaridan kelib chiqib, korrupsiyaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, mavjud salbiy va xavfli ijtimoiy munosabatlarni huquqbuzarlik sifatida eʼtirof etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi mavjud muammodan kelib chiqib xorijiy tajriba asosida qonunlarni qabul qilish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda “qonun ustuvor – jazo muqarrar” tamoyiliga qatʼiy rioya qilish, davlat xizmatchilari uchun mehnatga adolatli haq to‘lash va boshqa ijtimoiy manfaatdorlik tizimini joriy qilish har bir davlat tashkilotining oldida turgan muhim vazifasi bo‘lishi kerak.

Demak, ushbu illatni bartarf qilishda yuqorida keltirilgan omillarga eʼtibor qaratsak, hamda joriy qila olsak ushbu muammoni bartarf qilish va kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bunda davlat organlari bilan birga fuqarolar ham ongli ravishda harakat qilishlari lozim bo‘ladi.

 

Shuhrat Turdikulov Xudoykulovich,  

Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga

qarshi ichki nazorat bo‘limi rahbari,

sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya