Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yoshlar fuqarolik jamiyatining korrupsiyaga qarshi harakatlantiruvchi kuchidir

Yoshlar fuqarolik jamiyatining korrupsiyaga qarshi harakatlantiruvchi kuchidir

 

Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qancha chora tadbirlar amalga oshirildi, qonunlar va Prezidentimizning farmon va qarorlari qabul qilindi.

“Biz yoshlar uchun ularning sog‘lom tug‘ilishidan boshlab, toki mustaqil hayotga kirgunicha barcha zarur sharoitlarni yaratib berish maqsadida qanday katta ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi maʼlum” – deb  taʼkidlaydi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Korrupsiya yosh avlodda ijtimoiy adolatga, haqiqatga, davlat organlari va mansabdor shaxslarga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, – deydi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i X.Ochilov. – Eng yomon tomoni, bunday xavfli qilmish oxir-oqibat korrupsiya, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullab-yashnashi uchun sharoit yaratadi. Shu boisdan taʼlim muassasalarini bitirib, kasbiy faoliyat boshlash ostonasida turgan yoshlarga korrupsiyaning nechog‘li xavfli illat ekani haqida kengroq maʼlumotlar berish bugungi kun talablaridan biridir. Chunki bugungi kun yoshlari ertangi mutaxassis, jamiyat va davlat boshqaruvining ishtirokchisidir.

Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri yoshlarimizni hech kimdan kam bo‘lmagan insonlar etib tarbiyalash, ularning maʼnaviyatini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, taʼlim-tarbiya berish, salomatligini mustahkamlash yo‘lida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qaratilgandir.

Shuningdek, o‘tgan yillarida mamlakatimizda demokratik prinsiplarning qaror topishi bilan birga yoshlarning qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning huquq va erkinliklarini kafolatlashga va ijtimoiy ko‘mak yaratishga qaratilgan qonun hujjatlari tizimi izchillik bilan shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va davlat dasturlari kabi yoshlarga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning barchasi yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganidan dalolat beradi. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, hozirgi davr talabiga daxldor kasb-hunarlarni egallagan, ayni paytda, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyatli yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishdek ezgu maqsad mujassamdir.

2023 yil 19 dekabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti - “Ongi va qalbi bolalikdan “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish ustuvor vazifamizdir. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi dasturini O‘zbekistonda keng joriy etishdan manfaatdormiz” deb taʼkidlab o‘tgan edi.

2021-yilda Respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish rolini yana-da oshirish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Global Resurs tashabbusi dasturi boshlandi. Global Resurs tashabbusi dasturi xalqaro hamjamiyatga korrupsiyaga mutlaqo toqat qilmaslik madaniyatini shakllantirish uchun pedagoglar, olimlar, yoshlar va korrupsiyaga qarshi kurash idoralari bilan ishlash bo‘yicha bilim va tajribani taqdim etadi. Tashabbus dasturi missiyasi taʼlim va hamkorlikning o‘zgartiruvchi kuchidan foydalangan holda bolalar va yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga mutlaqo toqat qilmaslik madaniyatini shakllantirishdan iborat. Dasturning asosiy komponentlar Boshlang‘ich va o‘rta taʼlim, oliy taʼlim va tadqiqotlar, yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 60%ni tashkil etuvchi yoshlarning korrupsiyaga qarshi faolligini oshirish jamiyat oldida turgan muhim masalalardin biridir.

Korrupsiyaning oldini olish va halollikni yoshlar orasida izchil targ‘ib qilish uchun taʼlim muassasalari muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun bolalar va yoshlarga hurmat, odob-axloq, halollik va qonun ustuvorligi kabi tushunchalarini har tomonlama singdirish jamiyat oldida turgan muammoni hal qilishning kalitidir. Agar biz Prezidentimiz taʼkidlab o‘tganidek BMTning Global resursi dasturini O‘zbekistonda keng joriy etsak, milliy o‘quv dasturlarimizga kiritsak, albatta korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda, yoshlar ongiga Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirishda juda katta yutuqlarga erishamiz.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev alohida taʼkidlab o‘tganidek, “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda.

Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik bu masalada hushyorlik va ogohlikni yana-da oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim.

Demak, barchamiz voyaga yetib kelayotgan yoshlarning odob-axloqi, dunyoqarashi, maʼnaviy olami uchun masʼulmiz. To‘g‘ri tarbiya, ulug‘ ajdodlarimiz eʼtirof etganidek, qurilgan imoratlar, yaratilgan bog‘lar singari aziz va mukarramdir. Xalqni xalq, millatni millat sifatida tutib turuvchi qadriyatlarni, dinu diyonatimizni bugungi va ertangi yoshlar qalbiga, ongu shuuriga, turmush tarziga singdirish, ular dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, anʼanalar bilan boyitish – biz daxldor bo‘lgan yana bir muhim va masʼuliyatli vazifa hisoblanadi.

Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar yo‘lida birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili, dinidan qatʼi nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo masʼuliyatni his etib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va anʼanalarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli komil insonlarni tarbiyalash, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish zarur. Bunday vazifalarni amalga oshirish albatta o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi.

Shu bois, yangi avlod tarbiyasi bilan jamiyatning barcha faol qatlami  – ota-ona, mahalla, ustoz-murabbiylar, maʼnaviyat va maʼrifat targ‘ibotchilari, adabiyot va sanʼat namoyandalari, siyosiy partiyalarning targ‘ibot guruhlari shug‘ullanishlari davr talabiga aylandi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, maʼnaviy yetuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo‘lda safarbar etish bo‘yicha saʼy-harakatlarni yangi bosqichga ko‘tarish – oldimizda turgan eng muhim vazifa hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuqori, huquqiy taʼlim va tarbiya jihatidan yetuk insonlar salbiy illat bo‘lgan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi.

Globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan davrda yoshlarni korrupsiya illatining zararli taʼsiridan asrashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirishda ularni qiziqtiradigan, zamonaviy texnologiyalardan, internet tarmog‘idan umumli foydalanish zarur.

 

                                        

Turdiqulov Shuhrat

Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki

nazorat bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi

akademiyasi tadqiqotchisi, sotsiologiya fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya