Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahrida 452 ta eskirgan lift yil yakuniga qadar yangilanadi

Toshkent shahrida 452 ta eskirgan lift yil yakuniga qadar yangilanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq, 2025-yil oxirigacha ekspluatatsiya muddati o‘tgan 452 ta lift yangisiga almashtiriladi. Yangilanadigan liftlar OSTEN brendiga tegishli bo‘lib, ular “Texnopark”da ishlab chiqariladi.

Muhim: Hozirda Toshkent shahridagi ko‘p xonadonli uy-joylarda jami 9101 ta lift mavjud. Ulardan 2042 tasining (22,4%) foydalanish muddati o'tgan. 2025-yil oxirigacha 2042 ta eski liftning 452 tasi (22,1%) yangilanadi. Yangi liftlar ilg‘or xavfsizlik standartlariga ega va energiya tejamkor bo‘ladi.

Yangilanadigan liftlarni tanlash mezonlari: 25 yildan ortiq xizmat qilgan; Texnik talablarga javob bermaydigan; Xavfsizlik darajasi past bo‘lgan liftlar ustuvor tartibda almashtiriladi.

Qarorning to'liq matni bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya