- Toshkentdan gapiramiz
- 22.08.2023, 16:25
“Toshkent Invest Kompaniya”sining rahbar lavozimlari uchun tanlov e'lon qilinadi

“Toshkent Invest Kompaniya”sining rahbar lavozimlari uchun tanlov e'lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi “Toshkent shahrini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-112-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Toshkent shahar hokimligi huzurida “Toshkent Invest Kompaniya”si AJ (keyingi o'rinlarda - Kompaniya) tashkil etilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi Kompaniya Kuzatuv Kengashining mustaqil a'zosi lavozimi uchun ochiq tanlov asosida bosqichma-bosqich ishga qabul qilishini e'lon qiladi.
Navbatdagi bosqichda Kompaniya uchun:
— Kuzatuv Kengashining mustaqil a'zosi
Ilg'or korporativ boshqaruv tamoyillari tatbiq etiladigan va mustaqil ravishda loyihalarni ishlab chiqib, xususiy sektor bilan bevosita ishlaydigan Kompaniyaning maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va shartlar bilan havolaga o‘tib tanishing va tanlovda ishtirok eting.
Vakansiya tafsilotlari bilan tanishish uchun, iltimos, havolaga o'ting.
Qo'shimcha ma'lumot uchun hr@tashkent.uz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.