Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Ko‘kaldosh — Toshkentning eng mashhur me'moriy yodgorligi
Ko‘kaldosh — Toshkentning eng mashhur me'moriy yodgorligi

Ko‘kaldosh madrasasi Chorsu maydonida, tepalikda joylashgan bo‘lib, hatto undan-da balandroq binolar — Hoji Ahror Vali juma masjidi va yaqinda buzib tashlangan Chorsu mehmonxonasiga yaqin joylashganiga qaramay, savlat to‘kib turibti.

 Ko‘kaldosh 1570 yilda xonning emikdosh (ko‘kaldosh) akasi bo‘lgan hokim Darveshxon tomonidan qurilgan, deb taxmin qilinadi va shuning uchun ham shunday nomlangan. Asrlar davomida bino bir necha marta o‘zgarishlarga uchragan: ayrim qismlari xomg‘isht uchun buzib olingan, keyin qayta tiklangan. 18 asrda u yerda savdogarlar uchun karvonsaroy bo‘lgan.

 1868 va 1886 yillardagi zilzilalar oqibatida bino qattiq zarar ko‘rgan, mahobatli peshtoqi vayron bo‘lib, imorat deyarli bir asr davomida peshtoqsiz turgan. 1950 yillarda inshoot qoldiqlarida yozgi kinoteatr faoliyat ko‘rsatgan.

 Peshtoq o‘tgan asrning1960 yillarida, fasadning yon tomonlaridagi minoralar esa 1970 yillarda qayta tiklangan.

 Hozirda ta'mirlangan Ko‘kaldosh o‘zining asl maqsadiga ko‘ra foydalanilmoqda — madrasada "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti joylashgan. Ammo bino hamon sayyohlar uchun eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lib qolmoqda

Vikipediyadan olingan surat.

Shuningdek, qiziqarli joylar
«Zarafshon» — eng mashhur restoran
«Zarafshon» — eng mashhur restoran

«Zarafshon» restorani 1974-yilda qurilgan va darhol toshkentliklar orasida eng mashhur joylardan bi...

Olimpiya shuhrati muzeyi
Olimpiya shuhrati muzeyi

«Xalqlar doʻstligi» muzeyi binosi 1976-yilda Toshkent zilzilasining oʻn yilligiga bagʻishlab qurilg...

Kaufman hovlisi
Kaufman hovlisi

XIX asr oxirida Toshkentda ikkita yetim bolalar hovlisi — Aleksandrovskiy va Kaufman hovlisi ishlab...

Zayniddin bobo maqbarasi
Zayniddin bobo maqbarasi

Shayx Zayniddin — Toshkentning muqaddas homiylaridan biri, XII asrda Bag‘dodda tug‘ilgan va otasi ...