Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Lyuteran kirxasi
Lyuteran kirxasi

Toshkent kirxasi Oʻrta Osiyodagi birinchi lyuteran ibodatxonasi hisoblanadi. 

Bino loyihasining dastlabki varianti 1881-yilda tuzilgan, biroq bir necha yildan keyin uni qayta koʻrib chiqishdi va ibodatxona quriladigan joy ham oʻzgartirildi. 

Kirxa binosi shaharning lyuteran jamoasi tomonidan I. I. Krauze mablagʻlari hisobiga meʼmor Aleksey Leontyevich Benua loyihasi boʻyicha qurilgan. 

1896-yilda hali suvoqsiz kirxada ibodatlar boshlandi, yana uch yildan keyin qurilish ishlari toʻliq yakunlandi. 

Cherkovdagi xizmatlar rus va nemis tillarida oʻtkaziladi, shuning uchun uni xalq orasida Nemis cherkovi yoki oddiygina kirxa deb atashadi. 

Oʻtgan asrning 1930-yillarida pastor repressiyaga uchradi, bino esa turli maqsadlarda ishlatildi: unda omborlar joylashdi, geologiya boshqarmasi oʻrnashdi va bir muddat itboqarlar klubi ishlagan. 

1980-yillarda binoda Toshkent konservatoriyasi qoshidagi musiqa zali ochildi. 

Mustaqillikdan keyin bino toshkentlik lyuteran imonlilar jamoasiga topshirildi.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Xoja Ahror Valiy jome masjidi
Xoja Ahror Valiy jome masjidi

Ko‘kaldosh madrasasi yonidagi uchta firuza rangli gumbaz uzoqdan ham ko‘zga tashlanadi va Toshkentn...

Markaziy telegraf
Markaziy telegraf

Markaziy telegraf binosi — Toshkentning eng chiroyli binolaridan biri. U Navoiy prospektida qurilga...

45-uy
45-uy

Amir Temur prospektidagi (ilgari — Proletar koʻchasi) ikki qavatli bino 1927-yilda meʼmor Georgiy S...

Chaqardagi Baland masjidi
Chaqardagi Baland masjidi

«Baland» masjidi 1857 yilda qurilgan. «Baland» so‘zi «yuqori, baland» degan ma'nolarni bildiradi, m...