- Toshkentdan gapiramiz
- 09.07.2026, 11:17
Chinor mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F. Madaminova tomonidan Chinor mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida mahalla xotin-qizlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning bandlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, uy-joy, huquqiy hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan tegishli mas’ullar ishtirokida huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Joyida yechim topish mumkin bo‘lgan murojaatlar ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa belgilangan tartibda nazoratga olinib, ijroga yo‘naltirildi.
Xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlar bilan manzilli ishlashga qaratilgan bunday sayyor qabullar Mirobod tumanida izchil davom ettirilmoqda.
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...