Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yakkasaroy – sport va taraqqiyot yo‘lida yangi bosqichga chiqmoqda

🖇 Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat infratuzilmani, balki kelajak avlod salohiyatini ham mustahkamlamoqda. Bugun tuman yangilanish sari dadil qadam tashlamoqda.

👍
Tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari bilan birgalikda 2-sonli sport maktabi uchun barpo etilayotgan yangi, zamonaviy 3 qavatli bino qurilishi jarayonlari bilan joyida tanishdi.

👉 Ma’lumki, ushbu sport maktabi 1963-yilda angar ko‘rinishida qurilgan bo‘lib, bugungi zamon talablari va sport infratuzilmasiga qo‘yiladigan standartlarga to‘liq javob bermas edi. Endilikda uning o‘rnida barcha zamonaviy talablar asosida loyihalashtirilgan, keng va qulay, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadigan yangi sport majmuasi qad rostlamoqda.

💠 Yangi bino – bu shunchaki qurilish emas. Bu – yosh sportchilar uchun munosib sharoit, sog‘lom turmush tarzi va yuqori natijalar sari yaratilayotgan mustahkam zamin.

💠 Tanishuv davomida qurilish sifati, loyiha talablari va muddatlarga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👉  Mas’ullarga ishlarni yuqori darajada va belgilangan standartlarga muvofiq yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxsiy qabul ötkazildi
23.10.2026, 17:56
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxs...

✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
23.10.2026, 15:47
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...

Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!
23.10.2026, 15:22
Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!

Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi
23.10.2026, 15:13
Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari ti...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...