- Toshkentdan gapiramiz
- 12.08.2026, 09:50
“Yashil” chiroq uzoqroq — kutish kamroq: Fitrat va Geydar Aliyev ko‘chalari chorrahasidagi svetofor qayta sozlandi
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) mutaxassislari chorrahadagi transport oqimini o‘rganib, avtomobillar qaysi yo‘nalishda ko‘proq to‘planishini aniqladi. Shundan so‘ng svetoforning ishlash vaqti yangi yuklamaga mos ravishda o‘zgartirildi.
Avval svetofor siklining birinchi fazasi 35 soniya, ikkinchi fazasi esa 28 soniya davom etgan. Endi eng gavjum yo‘nalishda fazaning uzunligi 35 soniya o‘rniga 60 soniyaga uzayitirldi.
Shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobillar endi biroz oldinroq to‘xtaydi. Bu burilayotgan transport vositalariga burilishni xavfsiz yakunlab, chorrahani tezroq bo‘shatish imkonini beradi. Natijada svetofor bir sikl davomida ko‘proq avtomobilni o‘tkazadi.
⏱️ O‘zgarishlar natija berdi: kunduzi avtomobillar navbati sezilarli darajada qisqardi, harakat bir maromga tushdi, chorrahadan o‘tish vaqti esa 2 daqiqagacha kamaydi.
🚂 Yaqin atrofda temiryo‘l kesishmasi joylashgan. Poyezd o‘tayotganda harakat vaqtincha to‘xtatiladi. Shu sababli chorrahada qisqa vaqtga avtomobillar to‘planishi mumkin.
YHTEM vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Mutaxassislar ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlar uchun svetoforning alohida ish rejimlarini tayyorlamoqda.
Keyingi bosqich — qo‘shni chorrahalarni yangilash va ularning svetoforlarini yagona “Yashil to‘lqin” tizimiga ulash. Natijada ruxsat etilgan tezlikda harakatlanayotgan avtomobillar chorrahalardan ketma-ket yashil chiroqda o‘tib, kamroq to‘xtashi mumkin bo‘ladi.

▫️Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalardan birida deraza panjaralarini demontaj qilish ishlari to‘xtatildi. Vaziyat poyta...

🏛 Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Muminov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davron...

😈 2026-yil 9-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida Toshkent shahar hokimining uy-joy komm...