- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Maqolalar
- Ochiqlik va shaffoflik korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositalaridan biri
Ochiqlik va shaffoflik korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositalaridan biri
Davlat hokimiyati organlarining jamoatchilik oldidagi ochiqligi va shaffofligi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Respublikamizda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi doimiy va sifatli aloqa vazifasini bajaruvchi muhim elementlardan biridir.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ularning barcha sohalariga keng joriy etilishi natijasida davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlar rivojlandi, korrupsiyaning oldini olishga muhim qadam bo‘ldi.